«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lamina Yamalning «Zolotoy Myach» uchun nomzodligini qo'llab-quvvatladi.
«Yamal bu mukofotni olsa, adolatli bo'lardi. U ajoyib mavsum o'tkazdi va Ispaniya chempionati hamda jahon chempionatida juda muhim trofeylarni qo'lga kiritdi. U «Zolotoy Myach»ni haqiqatan ham olishga loyiq. U o'zini shunday his qiladi va bu haqda ochiq gapirayotganidan men juda mamnunman. U juda samimiy, to'g'ridan-to'g'ri yosh yigit. Qanday bo'lishini ko'ramiz. Barchasi qattiq sirda saqlanmoqda. Biz natijalarni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz», - deydi Laporta Mundo Deportivo'ga.
Zolotoy Myach taqdirlash marosimi 26-oktabrda bo'lib o'tadi.
