«Real» jamoasining bosh murabbiyi Jozef Mourinyo o'z karerasida ko'plab marta hakamlikka shikoyat qilgani haqida gapirdi.
«Hakamlar? Menimcha, muammo men bilan bog'liq emas. Men shunchaki kelgan klubimda ba'zi paytlar omadim kelmaydi. Bu yerda, «Real»da, men 'Negreyra ishi'ning muhim yillarini boshdan kechirdim. Buni hech kim bilmasdi, lekin biz buni boshdan o‘tkazdik va azoblandik. Endi bu ma'lum bo'ldi. Keyin Turkiyada katta mojarolar bo'ldi. Men ko'pincha shunga o'xshash vaziyatlarda qoldim», - dedi Mourinyo «Corriere dello Sport»ga bergan intervyusida.
«Barselona»ga nisbatan hozirda tergov o‘tkazilmoqda – klub bir necha yil davomida hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidentiga pul to‘lagan. Kataloniyaliklar esa Negreyra bilan to‘lovlarni hakamlik uchun emas, balki hisobotlar uchun to‘laganliklarini da’vo qilmoqda.
