Jozef Mourinyo «Real»ning bosh murabbiyi lavozimiga kelganidan so'ng, bir muammoni hal qila olmadi. The Touchline RMC Sportga tayangan holda xabar berishicha, jamoa ichida katta taranglik mavjud. Jamoa muhitini «muzdek» deb ta'riflashmoqda.

Bir necha futbolchilar o'zaro yaxshi munosabatda emas – Mourinyo Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa davrida bo'lgan vaziyatni tuzatishga muvaffaq bo'lmadi.

«Real»dagi taranglik Kilian Mbappening maydon tashqarisidagi so'nggi xulq-atvori sababli yanada oshdi. Mourinyo shaxsan fransuz bilan suhbatlashib, uni o'zini boshqarishga chaqirdi.

«Real»ning eng yaqin La Liga o'yini 10-oktabrda «Vilyarreal»ga qarshi bo'lib o'tadi.

Mourinyo Mbappeni shaxsiy suhbatda ogohlantirdi