Afsonaviy sobiq «Barselona» futbolchisi Andres Inyesta 19 yoshli «ko‘k-qizil» qanot o‘yinchisi Lamine Yamal haqida fikr bildirdi.

«Lamin 19 yoshida qilayotganlari g‘ayrioddiy. Agar bu normal bo‘lsa, bunday o‘yinchilar ancha ko‘p bo‘lardi. Uning eng ajoyib jihati — ambitsiyalari va tabiiy talanti. Uni ajoyib kelajak kutmoqda», — dedi Inyesta Mundo Deportivo bilan bo‘lgan intervyusida.

Sobiq kataloniyalik futbolchi Yamalning bunday yoshda erishgan jiddiy yutuqlari unga muammo bo‘lmasligini ta’kidladi, chunki «Barselona» — bu katta chaqiriqlar bilan to‘la klub, bu yerda sen avval qanaqa yutganing muhim emas, muhim bo‘lgan narsa — hali qanaqa yutishlaring kerak.

19 yoshida Yamal uch marta Ispaniya chempioni, Evropa chempioni va jahon chempioni. Shuningdek, u Ispaniya kubogini va ikki marta mamlakat Superkubogini yutgan.