O'zbekiston terma jamoasi va kataloniyalik «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich «ko'k-qizil»larning eng afsonaviy avlodini ta'rifladi.

«Xavi, Iniesta va Puyol avlodi hozirgi o'yinchilar bilan solishtirganda teng kelmaydi. Ular haqiqiy afsonalar. 2010 yil avlodi bilan hech kim tenglasha olmaydi», - deydi xorvat futbolchisi The Touchline ijtimoiy tarmoqlardagi hisobida.

Ma'lumki, Rakitich 2014 yildan 2020 yilgacha kataloniyalik jamoada o'ynagan. U «Barselona» bilan birga to'rt marta Ispaniya chempioni bo'lgan va 2014/2015 yilgi mavsumda Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan.