«Barselona»ning hujumchi yarim himoyachisi Dani Olmo bilan ishlovchi agent Endi Bara futbolchining rejalari haqida fikr bildirdi. Agentning so'zlariga ko'ra, Olmo Zagrebdagi Dinamoga qaytishni xohlaydi.
«U «Dinamo»da karerasini yakunlamoqchi va umid qilamizki, shunday bo'ladi. Hatto murabbiy sifatida ham «Dinamo»da murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi. Dani hozirgi kunda ham Barselonada «Dinamo»ning 7-raqamli futbolkasini kiyib yuradi va orqasida familiyasi yozilgan», - dedi Bara Inkubator podkastida.
O'z vaqtida Dani Olmo Zagrebdagi Dinamoda 124 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urgan va 28 ta golli uzatma bergan.
