Madridning Real va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Savio Vinisius Juniorning muammolari haqida fikr bildirdi.
26 yoshli qanot o'yinchisi joriy mavsumni yaxshi boshlamadi va jamoatchilik tanqidiga uchradi.
«Vinisius o'zining Realdagi faoliyati davomida eng qiyin davrini boshdan kechirmoqda. Lekin bu normal. Barcha o'yinchilar ko'tarilish va pasayishlardan o'tadi – bu futbolning bir qismi. U buni yengib o'tadi, chunki u katta talant va qobiliyatga ega. Biz kutishimiz kerak», – deya Savioning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Vinisius jamoasi Jozef Mourinyo boshqaruvidagi sakkiz o'yinda bir gol urdi va uch assist berdi.
