«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal 18 yoshli jamoa do'sti Hamza Abdelkarimning kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Ko'k-qizillar» yosh misrlikni Qohiraning Al-Ahli klubidan o'tgan yozda sotib oldi. Hans-Dieter Flick hali ko'p va'da berayotgan hujumchini rasmiy o'yinlarda kamdan-kam maydonga tushirmoqda, lekin u uning yozgi tayyorgarlik uchrashuvidagi o'yinidan ta'sirlangan.
– Abdelkarim Muhammad Salahning yo'lini takrorlay oladimi?
– Salah ajoyib futbolchi, Premier-liga tarixidagi eng katta afrikalik yulduzlardan biri. Bunday taqqosotlar haqida hali erta. Hamzaning qanday rivojlanishini ko'raylik. U muvaffaqiyat qozonish va misr futboli tarixiga ismini yozdirish uchun zarur sifatlarga ega. Umid qilamanki, bunga erishadi, – dedi Yamal jurnalistning savoliga javob berar ekan.
Abdelkarimning «Barselona»ning asosiy jamoasidagi debyuti 1 sentyabrda La Liga doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinda bo'lib o'tdi.
