«Real» va Braziliya terma jamoasining hujumchisi Endrik futbolchi kasbiga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
- Futbolchi bo'lish oson emas. Ertalab beshda turib, dushanbidan yakshanbagacha ishga boradigan odamlarga nisbatan qiyin. Futbol bizga ajoyib narsalarni taqdim etadi, - deydi Endrik The Touchline nashriga bergan intervyusida.
20 yoshli Endrik 2024 yil yozidan beri Madridning «Real» klubiga tegishli. U klubda jami 41 o'yin o'tkazib, yetti gol urdi va bir assist berdi. O'ychining «suvli» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
Shuningdek, hujumchining Braziliya terma jamoasida 22 o'yin o'ynab, to'rt gol urganini ham ta'kidlash joiz.
