«Barselona» fransuz himoyachisi Jules Kounde bilan xayrlashishi mumkin. 

Fransuz o‘yinchi jamoaning asosiy tarkibida o‘rnini yo‘qotdi - o‘ng qanotda Hans-Diter Flick ko‘proq Erik Garciyani ishlatmoqda. Katalon klubi o‘yinchiga takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Sport.es ma'lumotlariga ko‘ra, «Barselona» Kounde uchun 50 million evrodan ko‘proq mablag‘ olishni rejalashtirmoqda. O‘yinchining maoshidan tejash klub uchun qo‘shimcha foyda bo‘ladi. Himoyachiga bir nechta APL klublaridan qiziqish mavjud.

Hozirgi mavsumda Kounde faqat ikki marta «Barselona»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Himoyachining «Barselona» bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi va uning bozor qiymati 60 million evroga baholanmoqda.