Oyoq jarohati sababli yarim himoyachi Frenki de Yong 2026/2027 yilgi mavsumda «Barselona» uchun hali o'ynamagan. Biroq, gollandiyalik futbolchining qaytishi yaqinlashmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, de Yong 5-oktabrda umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlashi kerak. Ushbu kunda gollandiyalik futbolchi hozirgi tanaffus davomida terma jamoalarga bormagan futbolchilar bilan shug'ullanadi.
Shu bilan birga, manba 29 yoshli de Yongga forma to'plash va o'yin ritmini qaytarish uchun vaqt kerakligini ta'kidlaydi. Ehtimol, Frenki 25-oktabrda bo'lib o'tadigan «El Klassiko»da «Real»ga qarshi o'ynashga tayyor bo'lmaydi.
