Madridning «Real» klubidagi krizis, oxir-oqibat, Florentino Peresning o'rnini yo'qotishiga olib kelishi mumkin - klub prezidenti saylovlariga atigi ikki oy qolganda, u o'ziga xos zaifliklarni ko'rsatmoqda va mantiqsiz qarorlar qabul qilmoqda. Joze Mourinyoni murabbiy sifatida taklif qilish ham ko'pchilik tomonidan shunday baholandi - hozirda skeptiklar vaziyatni qoniqish bilan kuzatmoqdalar.

Derbyderbyderby.it ma'lumotlariga ko'ra, krizis uning muddatidan oldin iste'foga chiqishiga undashi mumkin, ayniqsa, uning yoshi 79ga yetganligi sababli. Eslatib o'tamiz, Peres 2000 yildan beri o'z o'rnida turib, «Real»ni boshqarib kelmoqda.