Internetda Saratovlik bloger Yuliya to‘yidan video mashhur bo‘lib bormoqda. Qiz o‘z turmush o‘rtog‘iga, «Barselona» muxlisi bo‘lganiga, g‘ayrioddiy qasamyod qildi.

«Men har doim faqat «Barsani» qo‘llab-quvvatlashga va’da beraman. «Real Madrid»ni yomon ko‘rishga va’da beraman», - dedi Yuliya nikoh marosimida.

Shundan so‘ng, qiz o‘zining avvalgi va’dasini bajarib, «Barselona»ning boshlang‘ich tarkibini aytib berdi.

Yuliyaning eri hozirda ajoyib kayfiyatda, chunki «Barselona» La Liga jadvalida yetakchilik qilmoqda va barcha yetti o‘yinni yutgan. «Real» esa faqat to‘rtinchi o‘rinda, kataloniyaliklardan olti ochko ortda qolmoqda.