«Valensiya» o'zining rasmiy saytida jamoaning yangi bosh murabbiyi kimligini e'lon qildi. U mexikalik mutaxassis Xavier Aguirre bo'ldi.

Mutaxassis «uchqunlar» bilan hozirgi mavsum oxirigacha mehnat shartnomasi imzoladi. Shartnomada tomonlar hamkorlikni bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lgan band mavjud.

28 sentyabr kuni «Valensiya» o'z uy stadionida Aguirreni rasmiy taqdimotini o'tkazadi.

Jamoa yangi mavsumda Ispaniya chempionatida muvaffaqiyatsiz boshlandi. «Uchqunlar» to'rt ochko to'plab, turnir jadvalida oxirgi ikkinchi o'rinda turibdi.