«Barselona» ajoyib mavsumni boshladi, sakkizta o‘yindan sakkiztasini yutdi. Biroq, klubda bosh murabbiy Xans-Diter Fikning bir qaroridan norozi ekanliklari haqida El Nacional sahifalarida ma'lumot berilgan.

Hujumchi Hamza Abdelkarim yozgi tayyorgarlik jarayonida juda yaxshi taassurot qoldirdi va klub ushbu futbolchining rasmiy o‘yinlarda o‘yin vaqtini olishini kutgan edi. Biroq, Fik faqat bitta o‘yinda Abdelkarimni oxirgi daqiqalarda maydonga tushirdi. Qolgan o‘yinlarda 18 yoshli futbolchi 90 daqiqa zaxirada o‘tirgan.

Fik, Abdelkarim o‘yinning ba'zi jihatlari bo‘yicha yana rivojlanishi kerak deb hisoblaydi, shundan so‘ng u o‘yin vaqtini olishi mumkin.

«Biroq, klubda bu kamchiliklar o‘yin amaliyoti orqali tuzatilishi mumkin deb hisoblashadi», - deya qayd etilgan maqolada.

«Barselona»ning keyingi o‘yini 10-oktabrda o‘z maydonida Xetafega qarshi bo‘lib o‘tadi.