Hujumchi «Real» va Fransiya terma jamoasi Kilian Mbappe «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

- Men buni aytishdan uyalmayman. O'z fikrlarimni bildirishdan qo'rqmayman, hatto ba'zida odamlar: «U nima deyapti?» deb o'ylashsa ham. Halol bo'lishda hech narsa yomon emas. Men hech qachon: «Men g'olib bo'laman» demadim. Lekin o'ylaymanki, yaxshi yil o'tkazdim. Ko'pchilik ham shunday deb hisoblaydi va meni bu mukofot bilan bog'laydi. Nima bo'lishini ko'ramiz, - dedi Mbappe The Athletic'ga bergan intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Mbappe «Real» safida 44 o'yinda 42 gol urdi. Yozda hujumchi 2026 yilgi JChda 10 gol bilan eng ko'p gol urgan futbolchi bo'ldi.