Madridning Real klubi va Frantsiya terma jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe yaqinlashib kelayotgan «Zolotoy myach» taqdirlash marosimi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
27 yoshli futbolchi, o'tgan mavsumda jamoaviy sovrinlar bo'lmasa ham, mukofotni olishga loyiq ekanligini yana bir bor ta'kidladi.
«Men individual darajada ajoyib yil o'tkazdim. Bu mukofot g'olibini tanlashda eng muhim mezonlardan biri ekanligini bilaman. Men barcha yirik musobaqalarda eng yaxshi to'purar bo'ldim.
O'ylaymanki, hammasi men uchun yaxshi bo'lishi mumkin – ichimda yaxshi his-tuyg'u bor. Agar g'alaba qozonmasam, albatta, xafa bo'laman. Biror narsaga kurashib, yutqazganingda, har doim xafa bo'lasan. Bu jangovar ruhga ta'sir qiladi», – deya The Touchline nashriga Mbappening fikrlarini keltirgan.
Zolotoy myach taqdirlash marosimi 26-oktabrda bo'lib o'tadi.
