«Barselona» himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Atletiko Paranaense dan Artur Diasni ko'rish uchun scoutlar yuborganini Transfer News Live xabar qilmoqda.
Oldinroq, Hans-Diter Flick jamoasida yangi markaziy himoyachi ko'rishni xohlayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
19 yoshli Artur Diasning qiymati taniqli Transfermarkt portalida 3 million evro deb baholangan. Futbolchi nafaqat markaziy himoyada, balki chap himoyachi pozitsiyasida ham o'ynay oladi. Diasning Atletiko Paranaense bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.
