Yakshanba kuni Ispaniya chempionatining yettinchi turidagi markaziy o'yinda «Atletiko» «Real»ni qabul qildi. «Matraschilar» derbini 2:1 hisobida g'alaba bilan yakunladi.

O'yindan so'ng «Atletiko» himoyachisi Mark Pubil ijtimoiy tarmoqlarda post joylashtirdi. U o'yindan bir qator suratlarni ko'rsatdi, xususan, u Kilian Mbappega qarshi kurashayotgan suratlar.

Ushbu post ostida «Barselona» vingeri Lamin Yamal fikr bildirdi. U hech qanday so'z yozmasdan, faqat beshta bir xil «bomba» emojisini qoldirdi.

Mark Pubil va Lamin Yamal Ispaniya terma jamoasining hamkorlari hisoblanadi.

«Barselona» La Ligada yetakchilik qilmoqda (21 ochko), «Real» esa to'rtinchi o'rinda (15 ochko) turibdi.