"Real" klubining bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Rodrigo haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Rodrigo jamoa uchun juda muhim futbolchidir. U oldinroq ham bu sifatni ko'rsatgan, ammo olgan jarohatlari tufayli o'zini to'liq namoyon eta olmadi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Rodrigo "Real" safida hal qiluvchi futbolchiga aylanishi mumkin. U bir necha yillardan buyon klubda yuqori saviyasini isbotlab kelmoqda.

Rodrigo hujum chizig'idagi barcha uch pozitsiyada o'ynay oladigan ko'p qirrali futbolchi hisoblanadi. Ajoyib texnikasi, maydonni to'g'ri ko'rish qobiliyati, hujumlarga qo'shilish mahorati va yakunlovchi zarbalari unga katta afzallik beradi.

Raqiblar uchun jiddiy muammoga aylanadigan futbolchi Rodrigo "Real"ga taktika nuqtai nazaridan keng imkoniyatlar ochib beradi. Arbeloa jurnalistlarga bergan intervyusida, Rodrigoning tez orada tuzalib maydonga qaytishini va jamoa uchun yanada muhimroq bo'lishini umid qilayotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, Rodrigo o'yin vaqtini ortirib borishi bilan "Real"da yetakchilar safiga kiradi. Esda turkunki, 2-mart kuni "Real" Ispaniya La Ligasida "Xetafe" jamoasini qabul qiladi.