"Barselona" klubining hujumchisi Robert Levandovskiy jarohat oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Klub rasmiy saytida e'lon qilinishicha, tibbiy ko'riklar davomida futbolchi chap ko'z orbitasida sinish aniqlangan. Bu holat tufayli Levandovskiy Ispaniya Kubogi yarim finalidagi javob o'yinini "Atletiko"ga qarshi o'tkazib yuboradi.
2023/2024 yilgi mavsumda Robert Levandovskiy jami 32 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, shu vaqt ichida 14 ta gol urdi va 3 ta samarali pas berdi. "Barselona" "Atletiko"ni 3-mart kuni qabul qiladi.
Bu javob o'yini hisoblanadi – birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar Madridda 0:4 hisobi bilan mag'lubiyatga uchragan edi. Shunday ekan, "Barselona" endi ortdan yutish uchun harakat qilishi kerak bo’ladi.
Futbolchining sog‘ayib ketishi va jamoaga qaytishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Jamoa uning tezroq tuzalib maydonga qaytishini kutadi.