«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik nafaqat o'yin, balki kapitan Rafinya Diasning liderlik fazilatlaridan ham mamnun.
29 yoshli braziliyalik ikkinchi o'yinda xet-trik qayd etdi – bu safar u «Sevilya»ga (3:1) uch marta to'p kiritdi.
«Rafinyadan yaxshiroq kapitanni tasavvur qilish qiyin. U bizda bo'lgan eng yaxshi kapitan», – dedi Flik o'yin tugagandan so'ng berilgan intervyuda.
Shuningdek, nemis murabbiyi o'ychining o'ziga xos pozitsiyasida, ya'ni hujum markazida o'ynashi haqida ham gapirdi.
«Rafinyani «to'qqiz» pozitsiyasiga o'tkazish – bu men bilan uning o'rtasida bo'lgan suhbatdan keyin qabul qilingan qaror. Biz buni oldindan muhokama qildik. Biz uning fazilatlarini bilamiz va undan xursandmiz. U to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi», – dedi mutaxassis.
Rafinya La Liga to'purarlari poygasida 12 gol bilan yetakchilik qilmoqda, u Lamina Yamal va Kilian Mbappedan oldinda, ular esa 7 marta to'p kiritishdi.
