Kataloniyaning Hans-Diter Flik boshqaruvidagi «Barselona» braziliyalik qanot o'yinchisi Rafinyo Dias bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha muzokaralarni sharhladi.

«Rafinyo darajasi juda yuqori. U top futbolchi. Yangi shartnoma? Bu klub rahbariyatining eng yaxshi qarori», - deya nemis mutaxassisining so'zlarini keltirmoqda Marca gazetasi.

29 yoshli braziliyalik futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyining oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Rafinyo 2022-yil yozidan beri Barselonada o'ynaydi. Uning shartnomasi 2028-yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt  portalining mutaxassislari uning bozor qiymatini 70 million evro deb baholamoqda.