«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal «Sevilya»ga qarshi o'yinda (3:1) ikki golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispaniyalik o'yinchi ikki marta Rafinya Diasga assistentlik qilib, uning xet-trigini rasmiylashtirdi. Endi yosh yulduzning klub darajasidagi karerasida 51 golli uzatmasi bor. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Yamal 19 yosh va 68 kundaligida barcha musobaqalarda 50 assistga yetgan eng yosh La Liga vakili bo'ldi, bu statistikani yig'ishdan beri (2013/14 mavsumidan). Oldingi rekord egasi esa Viniyus Junior edi, u Madridning Real klubida 22 yosh va 298 kunda bu natijaga erishgan.
Lamin Yamalning «sine-granatoviylar» safida 159 uchrashuvda 57 gol ham bor.
