Hujumchi Rafinya Dias «Barselona» jamoasining natijadorligi bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda.
«Ko'k-qizillar»ning sardori ikkinchi o'yinda xet-trik qilgan – bu safar «Sevilya» jamoasi mag'lub bo'ldi. 29 yoshli futbolchi bugungi uchrashuvda 22-, 52- va 69-daqiqalarda gol urdi. Uch kun oldin esa, u «Rasing» jamoasiga qarshi (7:2) uch marta to'pni darvozaga kiritgan edi.
Rafinyaning qahramonliklari faqatgina so'nggi ikki o'yin bilan cheklanmaydi, chunki uning joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 uchrashuvda 14 goli va uch assisti bor. U «La Liga» to'purarlari poygasida 12 to'g'ri zarbasi bilan ishonchli yetakchilik qilmoqda.
