«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Sevilya»ga qarshi o'yin (3:1) so'ngida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
«Ko'k-qizil»larning g'alabasini Rafinyo Diasning xet-trikiga bag'ishlandi, u 22-, 52- va 69-daqiqalarda to'p kiritdi. Maydon egalaridan Yussuf Fofana 19-daqiqada gol urdi.
«Biz safarda o'ynadik, lekin to'pni yaxshi nazorat qildik. O'tgan mavsumda biz bu yerda 1:4 hisobida yutqazgandik, shuning uchun bugungi natijadan to'liq mamnunmiz.
O'yin qiyin bo'ldi – ayniqsa birinchi bo'lim. Biz to'pni juda oson yo'qotdik, bu odatda biz bilan sodir bo'lmaydi. Ikkinchi bo'limda ishlar yaxshiroq ketdi», – dedi Flik o'yin so'ngida.
«Barselona» 21 ochko to'plab, La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
