«Barselona» prezidenti Joan Laporta klubning Lionel Messiga «Kamp Nou»da stadion rekonstruktsiyasi tugagach, uning sharafiga tadbir o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

«Biz Messiga stadion to'liq tayyor bo'lganda, taqdirlash marosimini o'tkazmoqchi ekanligimizni aytdik. Ishlar tugagach, agar u xohlaydigan bo'lsa, buni amalga oshiramiz», - deb xabar beradi Laporta sport.es saytiga.

Laporta shuningdek, Messining otasi Xorxe 8-avgustda 68 yoshida vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Messi «Barselona»da 2004 yildan 2021 yilgacha o'ynagan. Bu davrda u 778 rasmiy o'yin o'tkazib, 672 gol urdi va 291 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida – 35 trofey, jumladan, 10 ta Ispaniya chempionligi va 4 ta Chempionlar ligasi g'alabasi mavjud.