«Barselona» hujumchisi Rafinha Dias joriy La Liga musobaqasida o'n golga yetdi.

Braziliyalik futbolchi bugungi «Sevilya»ga qarshi o'yinining 22-daqiqasida gol urib, hisobni 1:1 ga tenglashtirdi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, Rafinha 21-asr boshidan beri La Liga mavsumining dastlabki yetti o'yinida ikki xonali gol urgan uchinchi futbolchi bo'ldi. Birinchi ikkita futbolchi esa Lionel Messi (2011/12 va 2017/18) hamda Krishtianu Ronaldu (2014/15) bo'lib, ular o'sha paytda «Barselona» va Madridning «Real» jamoalarida o'ynagan.

«Sevilya» – «Barselona» o'yinini matnli translyatsiya orqali LiveResult saytida kuzatishingiz mumkin. Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa joriy mavsumda hali birorta mag'lubiyatga uchramagan.