Bosh murabbiy «Real» Jozef Mourinyo shanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z faoliyati haqida savollarga javob berdi.
- Birinchi 100 kunlik faoliyatingizni qanday baholaysiz?
- Mening bahom: men maksimal darajada harakat qildim. O‘ylaymanki, bu yerda faqat mashg‘ulotlar va o‘yinlar haqida emas, balki klubdagi futbolni tashkil etishga ta'sir ko‘rsatish haqida ham. Bu faqat mashg‘ulotlar va o‘yin almashish haqida emas. Men o‘zimga baho bermayman. Bu baho ideal yoki salbiy bo‘lishi kerak deb o‘ylamayman, lekin mening bahom shundaki, men maksimal darajada harakat qildim. Maksimal darajada. Va shunday davom etaman.
«Real» Ispaniya chempionatining oltita turida 15 ochko to‘pladi. Yakshanba kuni «oq-qora» jamoa «Atletiko»ga qarshi o‘ynaydi.
