Braziliyalik futbolchi «Barselona» Rafinya Dias Saudi Arabiston chempionatidan taklifni rad etgani haqida ma'lum qildi.
«Menga va oilamga juda foydali taklif keldi, bu bizning hayotimizni o'zgartirishi mumkin edi. Raqamlar juda jozibador edi. Lekin agar klub men qolishimni xohlasa, men buni his qilyapman. Men bu yerda iloji boricha uzoqroq qolishni niyat qilganman. «Barselona» mening hayotimning ma'nosi bo'lib qoldi», — dedi Rafinya RAC1 intervyusida.
Hozirgi mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda yetti uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 marta to'p kiritdi va uchta golli pas berdi.
Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning iyunigacha davom etadi.
