Rafinya: «Agar men faqat qanotda o'ynayman desam, o'ynamas edim»
«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias yangi mavsumning boshlanishida o'zidan bunday ajoyib o'yin kutmaganini tan oldi.
Esingizda bo'lsin, braziliyalik chempionat boshidan hujumchi pozitsiyasida o'ynamoqda, avval esa qanotda harakat qilardi.
«Men bu pozitsiyada o'zimni shunchalik qulay his qilaman deb tasavvur ham qila olmasdim. Agar men murabbiyga faqat o'zimning sevimli pozitsiyamda o'ynayman desam, o'ynamas edim. Shuning uchun men moslashishim kerak», — dedi Rafinya RAC1 bilan intervyusida.
Joriy mavsumda Rafinya yetti o'yinda 11 gol urdi va barcha turnirlarda uchta golli uzatma berdi.
Rafinya xet-trikdan so'ng: «Men har doim Flikka minnatdor bo'laman»
