Madriddagi Realning yulduz forvardi Kilian Mbappe o'zining fransuz PSJdagi so'nggi mavsumi haqida esladi.

«Parijdagi so'nggi mavsum men uchun qiyin bo'ldi. Menga og'ir bo'ldi, lekin bu Realda o'ynash orzusi uchun qilgan qurboniyatimning bir qismi edi», - deydi hujumchi ASga bergan intervyusida.

27 yoshli futbolchi 2024 yil yozida PSJdan korol klubga o'tdi. Mbappe Ispaniyaning ulkan klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Hozirgi mavsumda Ispaniya chempionatida Kilian olti uchrashuv o'tkazdi. Hujumchi yetti gol urdi va ikki golli uzatma berdi.