Kataloniyaning Barselona jamoasining yarimhimoyachisi Fermin Lopes futbol maydonidan tashqari qanday maqsadlari borligini aytib berdi.
«Futboldan tashqari hayotga kelsak, kelajakda oilamni qurishni, barcha yaqinlarim sog'lom bo'lishini xohlayman. Shuningdek, o'z uyimni qurishni va uni to'liq jihozlashni istayman. Bu men qo'ygan maqsadlarim. Ammo hozircha ularga erishishim uchun hali uzoq», - deydi 23 yoshli ispaniyalik futbolchi GQga bergan intervyusida.
Lopesning «ko'k-qizil» jamoasi bilan shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt portalining mutaxassislari yarimhimoyachining bozor qiymatini 100 million evro deb baholamoqda.
