Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvarez hali ham klubini o‘zgartirish umidida.
Argentinalik futbolchi yozda «Barselona»ga o‘tishni xohlagan edi, lekin «matraschilar» rahbariyati muzokaralar olib borishni xohlamadi. Jurnalist Ekrem Konurga ko‘ra, hujumchi hali ham «sine-granatoviylar» safiga qo‘shilish umidida: u kutilgan transfer yanvarda, qishki transfer oynasi ochilganda amalga oshishini kutmoqda.
Xans-Diter Flikning jamoasi joriy mavsumda ajoyib natijalarga erishayotganiga qaramay, katalon klubida Alvarezni hujumni kuchaytirish uchun qiziqarli variant sifatida ko‘rishmoqda. Transfer ustida ish yil oxirida qayta boshlanishi mumkin. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 120 million evro deb baholamoqda.
