Argentinalik hujumchi Hulian Alvarez «Atletiko» Madridda agentini o'zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu ma'lumotni Topskills Sports UK e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, Alvarez yozgi transfer oynasidagi voqealardan so'ng agenti Fernando Idalgo bilan aloqalarini uzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Eslatib o'tamiz, hujumchi «Barselona»ga o'tishni juda xohlagan, ammo «Atletiko» uni qo'yib yubormadi.
Ma'lum qilinishicha, argentinalikning yangi agenti Xavier Pastore bo'lishi mumkin, uning asosiy mijozlaridan biri esa «Manchester Siti»ning yangi o'yinchisi Enzo Fernandezdir.
Yangi mavsumda Alvarez barcha musobaqalarda uchta o'yinda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
