«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «ko'k-qizil»larni o'zining avvalgi jamoalari bilan solishtirmadi.
«Men «Barselona»ni oldingi jamoalarim bilan solishtirmoqchi emasman. Bu oson emas. Buni qilishni yoqtirmayman. Men har bir jamoada ko'rganimni qadrlayman», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Flik 2024 yildan «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. Ushbu mavsumda kataloniyalik klub Ispaniya chempionatida olti g'alaba bilan boshladi va 18 ochko to'plab, turnir jadvalida birinchi o'rinda turibdi.
Shuni ham ta'kidlaymizki, Flik «Bavariya», Germaniya terma jamoasi va «Xoffenhaym»da bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
