Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga ning 7-turida «Real» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga oid fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa jamoaviy o‘yinda sezilarli darajada rivojlandi. Ular pozitsion hujumlarda ishonch bilan harakat qilmoqda va yuqori bosimdan faol foydalanmoqda.
Bu esa mavsum boshidan beri ketma-ket olti g‘alabaga erishishiga yordam berdi. Simeone derbi o‘yinida jamoalarning turnir jadvalidagi o‘rinlari ahamiyatga ega bo‘lmasligini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, maydonda ochkolardagi farq sezilmaydi va o‘yinning o‘rtalarida o‘tkaziladigan o‘tish bosqichlari natijani hal qiladi. Hozirda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida birinchi o‘rinda, «Atletiko» esa sakkizinchi pog‘onada bormoqda.
Simeone o‘yinni qiziqarli va murakkab kechishini kutmoqda. Shuningdek, u jamoasining imkoniyatlariga ishonch bildirdi va o‘yinda barcha kuchni sarflashga tayyor ekanligini aytdi.