Dortmundning «Borussiya» jamoasining markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek yana Madridning «Real» jamoasining diqqat markazida. Bu haqda BILD xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga olti klub, jumladan «Real», qiziqmoqda. Nemis futbolchisi bilan «Borussiya» o'rtasidagi shartnomada 60 million evro miqdorida tovon puli belgilangan. Bu esa potentsial xaridorlar uchun transfer jarayonini osonlashtiradi.
Hozirgi mavsumda Shlotterbek faqat bitta Germaniya chempionati o'yinida ishtirok etdi. Himoyachi dastlabki o'yinlarni jarohati sababli o'tkazib yubordi.
Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
