Fransuz nashri Lequipe yaqinlashayotgan «Oltin to'p» marosimiga bag'ishlangan yangi muqovasini taqdim etdi.
The Touchline hisobiga ko'ra, muqovada bu yilgi mukofotga asosiy da'vogarlari tasvirlangan: argentinalik Lionel Messi, ingliz Garry Keyn, ispaniyalik Lamin Yamal, shuningdek, ikki fransuz – Kilian Mbappe va Usmon Dembele.
«Bu ularning loyihasi», - deb yozilgan muqovada.
Oltin to'pni topshirish marosimi 26-oktabrda Londonda o'tkaziladi. Hozirgi vaqtda «Oltin to'p» egasi Usmon Dembele.
Messi, «Oltin to'p» da'vogari, MLSda eng ko'p gol urganlar peshqadami bo'ldi
