Hujumchi «Shtutgart» Ermedin Demirovich nemis Bundesligasini italiyaning Seriya A ga o'zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur.
28 yoshli bosniyalik forvardni sotib olishda «Milan» qiziqish bildirgan. «Rossoneri» Demirovichni yanvar oyidagi transfer oynasida qo'lga kiritmoqchi. Nemis tomoni esa hujumchini sotishdan kamida 35 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
Joriy Germaniya chempionatida Ermedin uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Forvardning «Shtutgart» bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt uning narxini 22 million evro deb baholamoqda.
