Munxenning «Bavariya» jamoasi qiyin bo‘lsa-da, «Elversberg» ustidan g‘alaba qozondi. «Elversberg» Bundersliganing dastlabki ikki o‘yinida g‘alaba qozongan edi va «Bavariya»ga qarshi ham ajablantirishni umid qilayotgan edi.
Bu Yozua Kimmix uchun «Bavariya» safida 500-mart bo‘ldi - u munxenliklar safida ishtirok etgan barcha turnirlarni hisobga olganda. Ushbu 500 o‘yinda u 47 gol urdi va 122 assistentlik qildi. Kimmix «Bavariya» safida o‘ynagan o‘yinlar soni bo‘yicha afsonaviy Bastian Shvaynshtayger bilan tenglashdi - ammo tez orada, shubhasiz, uni ortda qoldiradi.
Ehtimol, nemis chempionatining keyingi turida, «Bavariya» berlinlik Unionga qarshi o‘ynaganda bu sodir bo‘ladi.
