Germaniya Bundersligasida 2026/2027 mavsumining birinchi murabbiy ishdan bo'shatilishi sodir bo'ldi. Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi O'ygen Polanski endi jamoaning bosh murabbiyi emasligini e'lon qildi.

Polanski lavozimidan «Frayburg»ga qarshi 0:5 hisobida mag'lubiyatdan keyin, ertasi kuni ketdi. «Jereblar» hozirda Bundersliga turnir jadvalining oxirgi o'rnida joylashgan – jamoada hali birorta ochko yo'q.

O'ygen Polanski «Borussiya»ning bosh murabbiyi sifatida o'tgan yilning noyabrida ish boshlagan. U avvaliga «jereblar»ning vaqtincha bosh murabbiyi bo'lgan, undan oldin esa klubning yoshlar va bolalar jamoasining murabbiyi edi.

Myonxengladbaxning «Borussiya» 19 sentyabrda «Mayns»ga qarshi uyda o'yin o'tkazadi.