Avvalgi Germaniya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumchisi Tomas Muller bugun, 13 sentyabr, tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Futbolchining yoshi 37 ga to'ldi.
Myunxenning katta klubi matbuot xizmati Tomasni bayram bilan tabrikladi.
«Mutlaq afsonaviy shaxs. Tomas Muller, tug'ilgan kuningiz bilan!» - deya yozilgan «Bavariya» ijtimoiy tarmoqlarida.
Hujumchi Myunxen klubining akademiyasida tarbiyalangan. U «Bavariya»ning asosiy jamoasida 2009 yildan 2025 yilgacha o'ynagan.
Hozirda nemis futbolchisi kanadalik «Vankuver Uaytkepz» klubida faoliyat olib bormoqda. Joriy MLS chempionatida Tomas 20 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
