«Bavariya» prezidenti Gerd Hainer Bundeisligada playoff tizimini joriy etish g'oyasiga qarshi chiqdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Avvalroq «Shalke» prezidenti Aksel Xefer hozirgi chempionat formatining yetarlicha qiziqarli emasligini ta'kidlab, chempionlik uchun kurashni yanada qiziqarli qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqishni taklif qilgan edi. «Bavariya» esa qarama-qarshi fikrda.
«34 turdan so'ng kim yuqori o'rinda bo'lsa, u Germaniya chempioni deb tan olinishi kerak», - dedi Hainer.
U o'zining fikrini asoslash uchun basketbol jamoasining misolini keltirdi: o‘tgan mavsumda «Bavariya» muntazam chempionatni birinchi o'rinda tugatgan bo'lsa-da, keyinchalik playoff finalida «Alba»ga yutqazdi. Hainerning so'zlariga ko'ra, jamoa mavsum davomida 83 ta o'yindan so'ng charchagan edi.
Hainer shuningdek, «Bundeisliga» «Bavariya»ning hukmronligi sababli zerikarli bo'lib qolgan degan fikrni rad etdi. U ikki yil oldin chempionlik unvonini «Bayer» qo'lga kiritganini eslatdi va evrokubok o'rinlari hamda yuqori divizionda saqlanish uchun kurash doimo keskin bo'lib qolayotganini ta'kidladi.
