Mussa Diabi «Bayer»ga qaytdi. 2019 yildan 2023 yilgacha nemis klubida o'ynagan qanot hujumchisi yana «farmatsevtlar» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

27 yoshli qanot o'yinchisi 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. «Bayer»da fransuz 19-raqam ostida o'ynaydi.

O'tgan ikki mavsumda Diabi «Al-Ittihod»da o'ynadi, u erda 73 o'yinda 11 gol urib, 33 assist berdi. Mish-mishlarga ko'ra, saudiyalik klub forvard uchun 30 million evro olgan.

Germaniya chempionatining birinchi turida «Bayer» kutilmaganda «Elfersberg»ga 2:3 hisobida yutqazdi.