Fransuz qanot hujumchisi Mussa Diabi Leverkusendagi «Bayer»ga qaytmoqda. Germaniya klubi 27 yoshli qanot o'yinchisini saudiya «Al-Ittihod»dan transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. Shartnoma summasi 30 million yevro deb baholanmoqda. Bu haqda jurnalist Floryan Plettenberg xabar berdi.

Diabi «Bayer» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzolaydi. Tez orada futbolchi Germaniyada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Hujumchi 2024 yilda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan. «Al-Ittihod» safida Diabi barcha turnirlarda 73 o'yin o'tkazib, 11 gol va 33 assist qayd etdi.

Fransuz futbolchisi avval «farmatsevtlar» safida 2019 yildan 2023 yilgacha o'ynaganini eslatib o'tish lozim.