Yarimhimoyachi «Bavariya» Yozua Kimmix jamoaning Durtmundning «Borussiya»siga qarshi olingan Superkubokdagi g‘alobasini (2:1) baholadi.

Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa Nataniyel Braun va Maykl Olisening 28 va 45-daqiqalarda kiritgan gollari bilan g‘alaba qozondi.

«Haqiqatdan ham, birinchi taymni juda yaxshi o‘tkazmadik. Ha, biz 2:0 hisobida oldinda edik va g‘alabamizdan xursandmiz, lekin bugungi o‘yinga qaraganda, oldinda juda ko‘p ish bor. To‘pni egallaganda faoliyatimiz yetishmadi, bir-birimizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashni har doim ham uddalay olmadik, shuningdek, o‘z darvozamiz oldida juda ko‘p imkoniyatlar berib qo‘ydik – ayniqsa, to‘plar keltirilganda. Ikkinchi taymda o‘yinni tinchlantira olmadik, nazoratga olishni ham uddalay olmadik. Natijadan mamnunmiz, lekin o‘yinimizdan juda ham qoniqmaymiz», – deya Kimmixning intervyusidan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Keyingi juma, 28-avgustda, Myunxenliklar «Shtutgart» bilan Bundesliganing birinchi turida uchrashadilar.