Yevropaning yetakchi futbol klublari Lenart Karlning rivojlanishini kuzatmoqda. El Nacional nashrida chop etilgan maqolada «Barselona» 18 yoshli «Bavariya» futbolchisi bilan qiziqayotgan klublar ro‘yxatida ekanligi aytilmoqda.
Karlnning potentsial transferi qimmatga tushishi aniq, shuningdek, «Bavariya» iste’dodli futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.
«Agar bir kuni «Bavariya» uning ketishiga ruxsat bersa, Deko narxini allaqachon biladi: bu futbolchi uchun taxminan 100 million evro, ko‘plab mutaxassislar uni Germaniyaning o‘z avlodidagi eng asosiy talant deb hisoblaydi», - deyiladi maqolada.
«Bavariya»da Lenart Karlning minimal narxi 100 million evro deb hisoblanadi.
