Munxenning «Bavariya» jamoasi murabbiyi Vensan Kompani an'anaviy bavariya oktyabr bayrami - pivo festivali «Oktoberfest»ni sabrsizlik bilan kutmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, u pivoga hurmat bilan qaraydi, chunki bu ichimlik madaniyati Belgiyada ham mavjud.

«Bavariyada bo'lgani kabi, Belgiyada ham pivo - bu o'ziga xos din. Shuning uchun men o'zimni bu yerda uyda kabi his qilaman. Biz Oktoberfestga boramiz, chunki bu madaniyat va an'analarning bir qismidir. Shundan so'ng, men oila va do'stlarim bilan vaqt o'tkazmoqchiman. Mening hayotim ajoyib, lekin men juda ko'p ishlayman. Vaqti-vaqti bilan oddiy hayotga qaytish kerak, kuch yig'ish uchun», - deya Kompanining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Munxen klubi kecha nemis chempionatining navbatdagi turida «Union» jamoasini 7 ta javobsiz gol bilan mag'lub etdi.