Bundersliganing uchta klubi PAOK yarimhimoyachisi Xristos Zaferisga qiziqish bildirmoqda. Grek portali TV Proponitika ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchini «RB Leypsig», «Shtutgart» va «Xoffenhaym» kuzatmoqda.
O'yinchining vakillari allaqachon nemis klublari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatishdi, ammo aniq takliflar haqida hozircha gap yo'q. Vaziyat qishki transfer oynasida o'zgarishi mumkin.
PAOK Zaferisni «Slaviya»dan 2025-yil yozida 10,5 million yevro evaziga sotib olgan. Yarimhimoyachining grek klubi bilan shartnomasi 2029-yilgacha mo'ljallangan. Oldinroq Zaferis Yanis Konstantelias bilan birga o'ynagan, u esa yozda Dortmundning «Borussiya»siga o'tdi.
Hozirgi mavsumda Zaferis PAOK uchun barcha turnirlarda 10 ta o'yin o'tkazdi va 2 ta gol urdi.
